Toshkent shahri, Samarqand, Andijon, Namangan, Fargʻona va Toshkent viloyatlaridagi AGTKSHlardagi cheklovlar yumshatildi

    Sanoat 15 Dekabr 2023 690

    Bu haqda “Hududgaztaʼminot” AJning xabar berdi.

    Bugun, 15-dekabrdan Toshkent shahri, Samarqand, Andijon, Namangan, Fargʻona va Toshkent viloyatlaridagi AGTKSHlar faoliyatiga kiritilgan qoʻshimcha cheklovlar yumshatildi va ular mahalliy hokimliklar tomonidan tasdiqlangan reja-grafik asosida ish faoliyatini davom ettiradi.

    “Hozirgi vaqtda tabiiy gazni teng taqsimlash va isteʼmolchilarga bir maromda yetkazib berish boʻyicha barcha zaruriy choralar koʻrilmoqda. “Zangori yoqilgʻi” toʻliq hajmda yetkazib berilyapti, yetishmovchilik kuzatilmayapti. Ammo ayrim joylarda isteʼmol ortgani sababli gaz bosimi pasayishi kuzatilmoqda va isteʼmolchilar tomonidan murojaatlar kelib tushmoqda”, - deyiladi xabarda.