Toshkent shahri va viloyatidagi AYOQSHlarda avtobenzin davlat standart talablariga mos kelmaslik holatlari aniqlandi. Bu haqda Oʻzenergoinspeksiya axborot xizmati xabar berdi.
Xabarga koʻra, Toshkent shahri Bektemir tumanida joylashgan «X.A.« MCHJlarga qarashli avtomobillarga yonilgʻi quyish shoxobchasida sotilayotgan avtobenzindan namuna olinib, laboratoriya tahlillaridan oʻtkazilganda AI-92 markali avtobenzin davlat standartlariga mos kelmasligi (sifatsiz) aniqlandi.
Shuningdek, Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi «K.T.« MCHJga qarashli AYOQSHda ham AI-92 markali avtobenzin sifatsiz ekanligi maʼlum boʻldi.
Mazkur holatlar yuzasidan qoidabuzarlikka yoʻl qoʻygan ushbu AYOQSHlar birja savdolarida ishtirok etishi vaqtincha toʻxtatildi, deyiladi xabarda.