11-sinf o'quvchisi boshqa Prezident maktabi o'quvchilari kabi o'z hujjatlarini xorij oliy ta'lim muassasalariga yuborgan edi.
Rahmatjon Gaipov AQSHning Illinoys texnologiya instituti qabul komissiyasidan xushxabar oldi.

Amerika universitetining qabul komissiyasi Rahmatjon Gaipovga grant ajratish haqida qaror qabul qildi. Rahmatjon Gaipov universitetda ta'lim olish jarayonida har bir o'quv yili uchun 20 ming AQSH dollari miqdorida grant oladi. Bu grantdan tashqari oliy ta'lim muassasasi unga AQSHda yashashi uchun ham qo'shimcha mablag' ajratadi.

Toshkent shahridagi Prezident maktabi o'quvchisi Rahmatjon Gaipov AQSH universitetida kimyo muhandisligi yo'nalishida tahsil oladi.