Oqibatda quyidagi hududlarda gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatildi:
- Mirobod tumani: Nukus koʻchasi 16 ta koʻp qavatli uylardagi 300 ta xonadon; Kichik halqa yoʻlida 8 ta koʻp qavatli uylardagi 120 ta xonadon; Yahyo Gʻulomov koʻchasida 2 ta koʻp qavatli uylardagi 110 ta xonadon;
- Mirzo Ulugʻbek tumani: S-1 2 ta koʻp qavatli uylardagi 100 ta xonadon, 2 ta ulgurji isteʼmolchi;
- Yashnobod tumani: 34 ta koʻp qavatli uylardagi 1116 ta xonadon; 150 ta yerli xonadon, 65 ta ulgurji isteʼmolchi;
- Yunusobod tumani: S-4 40 ta koʻp qavatli uylardagi 1600 ta xonadon; Kablukov koʻchasida 3 ta koʻp qavatli uylardagi 200 ta xonadon.
Ayni vaqtda “Hududgaz Poytaxt” GTFning avariya brigadasi tomonidan taʼmirlash ishlari olib borilmoqda. Taʼmirlash ishlari yakunlangandan keyin isteʼmolchilarni ogohlantirgan holda tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.