Toshkent tibbiyot akademiyasi “THE University Impact Forum: Health & Well-being 2024” xalqaro forumida

    Shu yilning 19-sentyabr kuni dunyoning nufuzli universitetlar reytingi kompaniyasi “Times Higher Education” tomonidan tashkil etilayotgan “THE University Impact Forum: Health & Well-being 2024” xalqaro forumida Toshkent tibbiyot akademiyasi hamkor sifatida ishtirok etdi.

    Xalqaro Forumda Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalaridan ilk marotaba “Speaker” sifatidaToshkent tibbiyot akademiyasi oʻquv ishlari boʻyicha prorektori Professor Shuhrat Boymuradov ishtirok etdi.

    Unda Birlashgan millatlar tashkilotining Barqaror rivojlanish dasturlari, jumladan “SDG 3 health and well-being” sogʻliqni saqlash va farovonlikni taʼminlash, shuningdek, universitetlarning asosiy kasalliklar va sharoitlarni oʻrganishda, sogʻliqni saqlash kasblarini qoʻllab-quvvatlashda va talabalar va xodimlarning sogʻligʻiga gʻamxoʻrlik qilishda tutgan oʻrni muhokama qilindi.

    Shuningdek “THE Times Higher Education”nufuzli universitetlar xalqaro reytingi tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbirda dunyoning yetakchi universitetlari olimlari bilan tajribalar almashilmoqda.


    Hamkorlik materiali