Toshkent tibbiyot akademiyasida xalqaro seminar tashkil etildi

    Toshkent tibbiyot akademiyasida “Umumiy amaliyot shifokorlarida klinik fikrlashni shakllantirishda tibbiy-biologik fanlarning oʻrni” mavzusida xalqaro seminar boʻlib oʻtdi.

    Konferensiyada Tojikiston, Rossiya va oʻzbekistonlik olimlar akademiyaning professor oʻqituvchilari ishtirok etib, tibbiy amaliyotda professional klinik muammolarini hal qilish borasida maʼruza qildilar.

    Olimlar talabalarda klinik fikrlashni shakllantirish uchun inson tanasining fiziologik funksiyalarini baholashda amaliy koʻnikmalarni egallashning afzalligi haqida aytib oʻtdi.

    Shuningdek seminarda Oltoy davlat tibbiyot universiteti, Barnaul, Rossiya, Buxoro tibbiyot instituti olimlari amaliyotga yoʻnaltirilgan oʻquv jarayoni, aniq amaliy natijaga qaratilgan nazariy bilimlar, boʻlajak mutaxassislar uchun zarur boʻlgan qobiliyat, koʻnikmalarni shakllantirish usullari borasida fikr almashdi.

    Konferensiyada Toshkent Tibbiyot Akademiyasi PhD doktoranti Matluba Mirzayeva ham ishtirok etib, “Premenopauzal davrdagi ayollarda koʻkrak bezi saratonining klinik metabolik xususiyatlari” mavzusida maʼruza qildi.


    Hamkorlik materiali