Barcha qulayliklarga ega boʻladigan bu jome masjid Toshkent bilan vodiy viloyatlarini bir-biriga bogʻlovchi A-373 xalqaro avtomobil yoʻli boʻyida 0.70 gektra maydonda barpo etilayotgani yurtimizning ham ichki, ham xalqaro sayyohlik salohiyatini yana-da mustahkamlaydi, deya xabar beradi Toshkent viloyati hokimligi rasmiy saytida.
Masjidlar Alloh taoloning Yer yuzidagi uylaridir. Ular yer yuzidagi eng pokiza makonlardir. Minoralardan azon sadolari yangraydi, tavhid kalimalari takrorlanadi. Masjidlar uzra rahmatlar yogʻiladi, masjid ahlini sakinat oʻrab oladi, masjid ahlining ustiga barakalar yogʻiladi.
Angren, Chirchiq va Olmaliq shaharlari hamda viloyatimizning boshqa hududlaridagi masjidlarni barpo etilishiga oʻzining hissasini qoʻshayotgan saxovatpesha moʻmin-musulmonlarga Rabbim jannatlardan Oʻzi vaʼda qilgan qasrlarni nasib aylasin, deyiladi xabarda.