Tadqiqot hududlarining senopopulyatsiyasi ontogenetik strukturasi tahlili uchun transektlar tashlandi, DNK uchun namunalar, oʻsimlik urugʻlari va tirik oʻsimlik namunalari, oʻrganilayotgan hududlardan gerbariy namunalari olib kelindi.

Ekspeditsiya davomida Toshkent viloyatida oʻsuvchi kamyob va yoʻqolib borayotgan turlarning yangi populyatsiyalari, jumladan, Tulipa Borszczowii Baker turining Toshkent viloyati Dalvarzin choʻlidan ilk bor senopopulyatsiyasi topildi.

Laboratoriya ilmiy xodimlari tomonidan yigʻilgan maʼlumotlardan Toshkent viloyati florasining kadastrini yuritish, kamyob turlarning holatini muntazam ravishda monitoring qilish va Oʻzbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”ning yangi nashrlarini tayyorlashda keng foydalaniladi.