Toshkent viloyatida 2022-yilda 1 million 114 mingdan ortiq davlat xizmatlari koʻrsatildi

    Toshkent viloyatida oʻtgan 2022-yilda 22 ta tuman va shahar Davlat xizmatlari markazi orqali aholiga 1 million 114 mingdan ortiq davlat xizmatlari koʻrsatildi.

    Shuningdek, 221 ming 481 ta ortiq fuqaro xizmatlardan mustaqil ravishda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz orqali foydalandi.

    Eng koʻp foydalanilgan davlat xizmatlari bolalarni maktabgacha taʼlim tashkilotlariga joylashtirish 130 ming 419 ta, kadastr pasportini berish 93 ming 332 ta, Mobil-ID boʻyicha 66 ming 386 ta, koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishga ariza yuborish 61 ming 601 ta, nafaqa tayinlash boʻyicha esa 34 ming 337 ni tashkil etdi.

    Eng koʻp davlat xizmatlari Angren shahar Davlat xizmatlari markazi orqali koʻrsatildi. Jumladan, Angren shahrida 94 ming 319 ta, Qibray tumanida 82 ming 79 ta, Toshkent tuman DXMda esa 80 ming 886 ta davlat xizmatlari koʻrsatildi.

    2022-yilda davlat roʻyxatidan oʻtgan tadbirkorlik subyektlari soni 28 ming 434 tani tashkil etgan boʻlsa, shundan 6 ming 517 tasi yuridik shaxslar, 11 ming 535 tasi yakka tartibdagi tadbirkorlar. 9 ming 990 tasi dehqon xoʻjaligi, 392 ta oilaviy tadbirkorlik subyektlari davlat roʻyxatidan oʻtdi. Davlat roʻyxatidan oʻtgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar soni 31 tani tashkil etdi.

    Tuman markazlaridan uzoqda joylashgan hududlarda hamda aholining ehtiyojlaridan kelib chiqib, viloyatda Davlat xizmatlari markazining 8 ta filiallari tashkil etilgan boʻlib, 2022-yil davomida ular tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar soni 23 mingdan ziyodni tashkil etdi.

    Olis, chekka hududlarda istiqomat qiluvchi aholining davlat xizmatlariga boʻlgan talab va ehtiyojini qondirish maqsadida 82 ming 605 ta sayyor davlat xizmatlari koʻrsatildi.

    Joriy yilda ham sayyor xizmatlar koʻrsatish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni tasdiqlab, aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini koʻrsatish borasidagi rejalarni belgilab oldik.

    Musajon Karimov,

    Toshkent viloyati adliya boshqarmasi

    masʼul xodimi