Toshkent viloyatida 4 tup yongʻoq daraxti ruxsatsiz kesib tashlandi

    Yongʻoq daraxti nafaqat mevalari balki har bir bandi, barglari bilan foydali ekanligi fanda ham aniqlangan. Ammo baʼzilarga buning ahamiyati ham yoʻq.

    Yangi Oʻzbekiston massivining kirish qismi hududida joylashgan «D.S« MCHJ masʼul xodimi tomonidan savdo doʻkonlari va maishiy xizmat koʻrsatish obyektlarini qurilish uchun moʻljallangan yer maydonidagi, 4 tup yongʻoq daraxtini hech qanday ruxsatnomalarsiz kesgani aniqlandi.

    Bu harakatlari bilan huquqbuzar “Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunning tegishli moddalari talablarini buzganligi va tabiatga 247.500. 000 soʻm miqdorida zarar etkazganligi aniqlandi.

    Ushbu holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib Toshkent viloyati Prokuraturasiga yuborilgan.