Oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida Chirchiq shahrining “Iftixor“ MFY “Yangi Oʻzbekiston“ massivi kirish qismida joylashgan “D.S” MCHJ masʼul xodimi tomonidan savdo doʻkonlari va maishiy xizmat koʻrsatish obyektlarini qurilish uchun moʻljallangan yer maydonidagi oʻsish holatidagi 4 tup yongʻoq daraxtlarini hech qanday ruxsatnomalarsiz kesganligi aniqlandi.
Ushbu shaxslar “Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunning tegishli moddalari talablarini buzganligi va tabiatga 247.500. 000 soʻm miqdorida zarar etkazganligi aniqlandi.
Hozirda holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib Toshkent viloyati Prokuraturasiga yuborildi.