Tadbirda asosan aholi gavjum boʻladigan bozor va savdo markazlari, jamoat joylari va jamoat transportlarida ijtimoiy masofani saqlash, himoya niqobini taqish va antiseptik vositalardan foydalanish holatlari yuzasidan viloyat hududida nazorat tadbirlari oʻtkazilishi belgilandi.
“Hurmatli Toshkent viloyati aholisi va mehmonlari! Mavjud vaziyatdan kelib chiqib, oʻzingiz va oʻzgalar sogʻligʻini asrash, viloyat hududida kasallik tarqalishini oldini olish uchun, belgilangan karantin qoidalariga qatʼiy amal qilishingizni soʻraymiz”, deyiladi xabarda.