Toshkent viloyatida o'zini o'zi band qilganlar soni 100 mingdan oshdi

    Bugungi kunda viloyatda o'zini o'zi band qilganlar soni 112 ming 81 nafarni tashkil qilmoqda.

    Shuningdek, joriy yilda 65 ming 283 nafar fuqaro ro'yxatga olinib, reja ijrosi 167 foizga bajarildi.

    Sohalar kesimida oladigan bo'lsak:

    - ijtimoiy yo'nalishlar bo'yicha – 9 222 nafar;

    - sanoat sohasidagi xizmatlar – 9 187 nafar;

    - qishloq xo'jaligi yo'nilishi bo'yicha – 23 228 nafar;

    - axborot kommunikatsiya yo'nalishlari bo'yicha – 1 746 nafar;

    - maishiy xizmatlar ko'rsatish bo'yicha – 17 761 nafar;

    - xalq iste'moli mollari ishlab chiqarish va xizmatlar ko'rsatish faoliyat turlari bo'yicha - 4 139 nafar fuqaro ro'yxatga olingan.

    Bundan tashqari, o'zini o'zi band qilgan shaxslar uchun faoliyat turlari kengayib, 2022-yil 1-sentyabrdan boshlab yo'lovchilarni engil avtotransport vositalarida tashish faoliyati qo'shildi. Unga ko'ra, mazkur yo'nalishda 3 875 nafar fuqaroning ro'yxati shakllantirildi.