Xususan:

Toshkent tumani, “Hasanboy” MFY, Otchopar koʻchasida yashovchi M.Aga tegishli xonadon 41 sotix maydondagi issiqxonada gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanib, 3 dona nostandart isitish qozoni orqali tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlandi. Yetkazilgan zarar miqdori 154,9 mln soʻm (154,9 ming m/kub) ni tashkil etgan.

Zangiota tumanidagi “Istiqlolning 5 yilligi” mahallasida 3 ta holatda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Jumladan:

“Sobirjon Omad Oshiyoni” MCHJga qarashli oshxona gaz tarmogʻidan uzib qoʻyilgan boʻlishiga qaramasdan, oʻzboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, nostandart isitish moslamalari orqali tabiiy gazdan noqonuniy foydalanayotganligi aniqlandi. Yetkazilgan zarar miqdori 1,872 mln soʻm (1,872 ming m/kub)ni tashkil etgan.

X.Sh “Safarov M”ga qarashli oshxona gaz tarmogʻidan uzib qoʻyilgan boʻlishiga qaramasdan, oʻzboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, 2 dona 40 litrlik va 1 dona 20 litrlik qozon va 1 dona nostandart isitish pechi orqali tabiiy gazdan noqonuniy foydalanayotganligi aniqlandi. Yetkazilgan zarar miqdori 7,236 mln soʻm (7,236 ming m/kub)ni tashkil etgan.

“Osiyo ART” MCHJga qarashli oshxona gaz tarmogʻidan uzib qoʻyilgan boʻlishiga qaramasdan, tarmoqqa oʻzboshimchalik bilan ulanib tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Yuqoridagi noqonuniy holatlarga qonuniy chora koʻrish yuzasidan tegishli hujjatlarni huquqni muhofaza qilish organlariga yuborish uchun tayyorlanmoqda.