Shu bois avvalgi maqolamizda poytaxtimizdagi mana shunday qurilish obyektlaridan 5 tasi haqida aytib oʻtgan edik. Boshqa hududlarda ham bunday holatlar koʻpligi bois biz bu gal Toshkent viloyati hududidagi noqonuniy qurilish obyektlari toʻgʻrisida maʼlum qilamiz:
Qisqa muddatli tekshirish natijasiga koʻra ishga oid boʻlgan barcha hujjatlar oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan va huquqbuzarlikka yoʻl qoʻygan masʼul shaxsga nisbatan maʼmuriy bayonnoma tuzilib, huquqbuzardan tushuntirish xati va tilxat olinib, qonunchilikda belgilangan tartibda chora koʻrish yuzasidan Jinoyat ishlari boʻyicha Boʻstonliq tuman sudiga hujjatlar toʻplami taqdim qilingan va Oʻzbekiston Respublikasi MJkTning 99-moddasi 7-qismi bilan javobgarlikka tortilgan.
Tegishli chora koʻrilganidan keyin ham “ENERGO TEHNIKA GRANT” MCHJ tomonidan qurilish-montaj ishlari toʻxtatilmagan hamda belgilangan tartibda inspeksiyadan roʻyxatdan oʻtish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirilmagan.


2. Hududga biriktirilgan inspektor tomonidan Toshkent viloyati Quyichirchiq tumani “Oydinobod” MFY hududida amalga oshirilgan monitoringlar jarayonida “RUS BEK” MCHJ tomonidan tegishli shaharsozlik hujjatlarini rasmiylashtirmasdan, hududiy inspeksiyani xabardor qilmasdan savdo va maishiy xizmat koʻrsatish kompleksida qurilish-montaj ishlari olib borilayotganligi aniqlangan, ruxsat hujjatlari mavjudligi va shaharsozlik meʼyorlari hamda qoidalariga rioya qilinishi yuzasidan qisqa muddatli tekshirish olib borilib, aniqlangan huquqbuzarliklarni bartaraf etish boʻyicha xoʻjalik yurituvchi subyektning “RUS BEK” MCHJ faoliyatida qisqa muddatli tekshirish oʻtkazish toʻgʻrisida Inspeksiyaning 2020-yil 23-dekabrdagi 278-sonli buyrugʻi asosida 1 kunlik tekshirish oʻtkazilgan. Unga koʻra huquqbuzarlikka yoʻl qoʻygan masʼul shaxsga nisbatan maʼmuriy bayonnoma tuzilib, huquqbuzardan tushuntirish xati va tilxat olinib, qonunchilikda belgilangan tartibda chora koʻrish yuzasidan Jinoyat ishlari boʻyicha Chinoz tuman sudiga hujjatlar toʻplami taqdim qilingan va Oʻzbekiston Respublikasi MJkTning 99-moddasi 7-qismi bilan javobgarlikka tortilgan. Ammo tegishli chora koʻrilganidan keyin ham “RUS BEK” MCHJ tomonidan qurilish-montaj ishlari toʻxtatilmagan hamda belgilangan tartibda inspeksiyadan roʻyxatdan oʻtish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirmasdan qurilish montaj ishlari davom ettirilmoqda.


3. Toshkent viloyati Chinoz tumani “Yallama” MFY hududida amalga oshirilgan monitoringlar jarayonida “EUROAZIA TRANSPORTION AND LOGISTIK COMPANIY” MCHJ QQ tomonidan tegishli shaharsozlik hujjatlarini rasmiylashtirmasdan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-maydagi 370-sonli hamda ushbu qarorga qoʻshimchalar kiritish yuzasidan qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-noyabrdagi 961-sonli qarorlari talabini buzib, hududiy Inspeksiyani xabardor qilmasdan bojxona terminalining qurilish-montaj ishlari olib borilayotganligi aniqlangan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi PF-5490-son, 2019-yil 15-martdagi PF-5690-son Farmonlari va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2018-yil 6-sentyabrdagi B-55-sonbuyrugʻida (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan 2018-yil 7-sentyabrda 3067-son bilan roʻyxatdan oʻtgan) belgilangan tartiblarga asosan 2020-yil 7-mayda moliyalashtirish manbalaridan qatʼiy nazar qurilish obyektlariga, subyektning moliyaviy-xoʻjalik faoliyatiga aralashmagan holda hech qanday toʻsiqsiz kirish hamda ruxsat hujjatlari mavjudligi va shaharsozlik meʼyorlari hamda qoidalariga rioya qilinishi yuzasidan qisqa muddatli tekshirish olib borilib, tekshiruv jarayonida aniqlangan huquqbuzarliklarni bartaraf etish boʻyicha “EUROAZIA TRANSPORTION AND LOGISTIK COMPANIY” MCHJ QQ faoliyatiga oid inspeksiyaning 2020-yil 18-dekabrdagi 761-sonli buyrugʻi asosida 1 kunlik tekshirish oʻtkazilgan. Qisqa muddatli tekshirish natijasiga koʻra huquqbuzarlikka yoʻl qoʻygan masʼul shaxsga nisbatan maʼmuriy bayonnoma tuzilib, huquqbuzardan tushuntirish xati va tilxat olinib, qonunchilikda belgilangan tartibda chora koʻrish yuzasidan Jinoyat ishlari boʻyicha Boʻstonliq tuman sudiga hujjatlar toʻplami taqdim qilingan va Oʻzbekiston Respublikasi MJkTning 99-moddasi 7-qismi bilan javobgarlikka tortilgan.
Tegishli chora koʻrilganidan keyin ham “EUROAZIA TRANSPORTION AND LOGISTIK COMPANIY” MCHJ QQ tomonidan qurilish-montaj ishlari toʻxtatilmagan hamda belgilangan tartibda inspeksiyadan roʻyxatdan oʻtish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirmasdan qurilish montaj ishlari davom ettirilmoqda.
Yuqoridagilardan koʻrinib turibdiki, Qurilish vazirligi hamda hududdagi qurilish sohasida nazorat inspeksiyalari tomonidan hamisha noqonuniy va sifatsiz qurilmalar barpo etayotgan shaxslarga nisbatan tegishli choralar koʻrilgan, ammo bundan oʻziga kerakli xulosa chiqarmay, masʼuliyatni ham unutib, talabga javob bermaydigan binolarni qurishda davom etishmoqda. Yurtimizning boshqa hududlarida ham bular kabi turar joylar bisyor va biz ular haqida maʼlumot berishda davom etamiz. Oʻylaymizki, xuddi shunday xatoga yoʻl qoʻyib, boshqalarning xavfsizligi haqida unutayotganlar oʻzlariga tegishli xulosa chiqarib olishadi.
Qurilish vazirligi
Matbuot xizmati