Xususan, ayni vaqtda Chirchiq va Yangiyo'l shaharlari xalq ta'limi bo'limi tasarrufidagi maktablarda quyosh panellarini o'rnatish kerak bo'lgan joylarni belgilash va qurilish ishlariga tayyorgarlik ketmoqda.
Chirchiq shahridagi 3-, 4-, 7-, 9-, 20-sonli umumta'lim maktablarida bu boradagi dastlabki ishlar jadal davom etmoqda.
Xuddi shunday, Yangiyo'l shahar halq ta'limi bo'limi tasarrufidagi 4 ta umumta'lim muassasasida, jumladan, 2-, 3-, 6-,10-sonli maktablarda O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan homiylik asosida quyosh panellarini o'rnatish ishlari olib borilmoqda.
Ushbu ta'lim muassasalarining elektr energiyasiga bo'lgan ehtiyojiga asosan “Baxt” MFYda joylashgan 2-sonli maktab, “Ramadon” MFYda joylashgan 3-sonli maktab va “Mezon” MFYda joylashgan 10-sonli maktablarda 15 kVt quvvatli, “Baxt” MFYda joylashgan 6-sonli maktabda 25 kVt quvvatli quyosh batareyalari o'rnatilmoqda.









