Toshkent xalqaro biennalega mezbonlik qiladi!
Vazirlar Mahkamasining 25.10.2021 y. 01-31/ 1-2048-son (106) Bayoniga ko'ra, shu yilning 8-13 noyabr` kunlari Toshkent shahrida “Zamonaviy amaliy san'at:dekor va uslub” nomli III Toshkent xalqaro amaliy san'at biennalesi o'tkaziladi.
Milliy amaliy san'atimizning go'zal va betakror namunalarini dunyoga keng namoyish qilish, salohiyatli ijodkorlarni kashf etish, shu bilan birga xorijiy mamlakatlarning amaliy san'atidan ham bahramand bo'lish, xalqlar o'rtasida hamkorlik rishtalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiluvchi mazkur Biennale yurtimiz madaniy va ma'naviy hayotida yirik voqeadir.
Gulichehra DURDIEVA,
"YAngi O'zbekiston" muxbiri