Unda yurtimiz va xorijdan bir qancha kinomutaxassislar ishtirok etishdi. “Toshkent xalqaro kinofestivali”ni tiklash jarayoni, kutilayotgan maqsadli rejalar, yangi loyihalar boʻyicha muhokamalar oʻrtaga tashlandi.

Anjumanda xorijlik mutaxassislar Joel Shapron, Benoi Ginisti, Birgit Boymers, Svetlana Slapke, Nizam Shaxin, Suda Apushi, Maxbuba Saidaxmedova, Roman Krasniskiy va boshqalar onlayn ravishda videomurojaat yoʻlladilar.

Unda festivalning dasturini tuzish, oʻtkazish sanalari, ijodiy kunlarini belgilash, shuningdek, badiiy jihatdan puxta va qiziqarli filmlarni taqdirlash, festival doirasida anjumanlar oʻtkazish kabi masalalar koʻrib chiqildi. Xalqaro ekspertlar tomonidan mazkur festivalni oʻtkazish boʻyicha tajriba almashish, amaliy jarayonlarni yuqori saviyada tashkil etish boʻyicha tavsiyalar berildi. Eng asosiysi, mazkur festivalni Mustaqilligimizning 30 yillik bayrami arafasida oʻtkazish taklifi berildi, deb xabar beradi “Oʻzbekkino” Milliy agentligi matbuot xizmati.