Marosim avvalida kinofestival tadbirlari, ijodiy uchrashuvlar, katta premeralar, xorijiy delegatsiyalarning kutib olingani va viloyatlar bo‘ylab safarlar jamlangan rolik taqdim kilindi.  

Marosimda «Kino 5 kunda» tanlovi g‘oliblari taqdirlandi. Jumladan, tanlovda eng yaxshi deb topilgan «Ipak yo‘lida» qisqa metrajli filmi uchun yosh rejissyor Sherzod Nazarovga «Gran pri» mukofoti topshirildi.

Toshkent xalqaro kinofestivalida «Eng yaxshi erkak roli uchun» Tursunboy Pirjonov, «Eng yaxshi ayol roli uchun» Madina Mahmudova va boshqa nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar taqdirlanishdi.

Shuningdek, «Dunyo yoshlari kinosi Yangi O‘zbekistonda» ko‘rik-tanlovi g‘oliblari ham aniqlandi. Sahnada ularga «Ipak yo‘li durdonasi» Toshkent xalqaro kinofestivalining maxsus statuetkasi va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Mehmonlarga taniqli xorijiy va o‘zbek estrada yulduzlari tomonidan shou-konsert taqdim etildi, deb xabar beradi Kinematografiya agentligi matbuot xizmati.