Unda dunyoning 31 mamlakatidan tashrif buyuradigan eng mohir gimnastika ustalari gʻoliblik uchun kurashadi.
Musobaqada Osiyo chempioni, Jahon kubogi bosqichi gʻolibi Taxmina Ikromova hamda Osiyo chempioni Yosmina Rahimova yakkalik bahslarida, shuningdek, Yekaterina Fetisova, Ruxshona Dehqonova, Shahzoda Ibragimova, Nargiza Jumaniyozova, Mumtoza Isʼhoqzoda, Irodaxon Sodiqova guruh mashqida yurtimiz sharafini himoya qilishadi.
Reglamentga koʻra, 14-aprel kuni saralash bahslari va tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtadi. 15-aprel sanasida baʼzi dasturlarda saralash bahslari davom etib, koʻpkurash yoʻnalishida gʻolib va sovrindorlar aniqlab olinadi. 16-aprel kuni esa yakkalik dasturlarda shohsupa egalari aniqlanadi.