Qayd etilishicha. yoʻlovchilarga koʻrsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish maqsadida, 2023-yil 3-15-avgust kunlaridan boshlab, bosqichma-bosqich 11 ta avtobus yoʻnalishlarida yangi turdagi harakat tarkiblari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.
Quyidagi yoʻnalishlarda yangi turdagi avtobus harakatlari yoʻlga qoʻyiladi:
12-sonli avtobus yoʻnalishiga 14 dona “Yutong CNG” rusumli;
74-sonli avtobus yoʻnalishiga 7 dona “Yutong CNG” rusumli;
88-sonli avtobus yoʻnalishiga 13 dona “King Long” rusumli;
120-sonli avtobus yoʻnalishiga 11 dona “Mercedes-Benz” rusumli;
91-sonli avtobus yoʻnalishiga 13 dona “Yutong” rusumli elektobus;
97-sonli avtobus yoʻnalishiga 8 dona “Yutong” rusumli elektobus;
118-sonli avtobus yoʻnalishiga 14 dona “Yutong CNG” rusumli;
42-sonli avtobus yoʻnalishiga 10 dona “MAN” rusumli.
54-sonli avtobus yoʻnalishiga 9 dona “MAN” rusumli.
66-sonli avtobus yoʻnalishiga 8 dona “MAN” rusumli.
174-sonli avtobus yoʻnalishiga 9 dona “Mercedes-Benz” rusumli.