Qarorga koʻra, Filial “S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti” federal davlat byudjeti oliy taʼlim muassasasining (Rossiya Federatsiyasi) (BDKI) yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan alohida tarkibiy boʻlinmasi – oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi.
Filialda taʼlim faoliyati 2021/2022 oʻquv yilidan boshlanadi.
Taʼlim jarayoni Kinematografiya agentligi bilan kelishgan holda BDKI tomonidan tasdiqlanadigan oʻquv reja va dasturlar asosida rus tilida olib boriladi, shu bilan birga unda oʻzbek tili va Oʻzbekiston tarixi oʻqitiladi.
Quyidagilar Filialning asosiy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari hisoblanadi:
Dramaturgiya;
Prodyuserlik (turlari boʻyicha).
Taʼlim kunduzgi, sirtqi shaklda hamda masofaviy tarzda yoʻlga qoʻyiladi.
Bitiruvchilarga Oʻzbekistonda oliy maʼlumot sifatida tan olinadigan Rossiya Federatsiyasi davlat namunasidagi BDKI diplomi beriladi.
Filialda davlat granti asosida taʼlim olgan bitiruvchilar 5 yildan kam boʻlmagan muddatga majburiy ishlab berish sharti bilan kinokompaniyalar, teleradiokompaniyalar yoki kino va televideniye sohasidagi tashkilotlarga taqsimlanadi.