Maʼlumotlarga koʻra, voqea shu yilning 08-fevral kuni tungi soat 23:10 larda Yangihayot tumani “Navqiron“ MFY hududidagi 30-uy qarshisida sodir boʻlgan.

Qayd etilishicha, davlat raqam belgisi 70 A 816 WA boʻlgan “Lacetti” rusumli avtomashina haydovchisi mast holatda rul boshqaruvini yoʻqotib toʻxtab turgan 2 ta “Cobalt” avtomashinasi bilan toʻqnashuv sodir etib, temir ustunga borib urilgan.

Holat yuzasidan voqea joyiga tezkorlik bilan yetib borgan YPX inspektorlari, guvohlar va haydovchi bilan suhbat jarayonida haydovchi oʻz soʻzidan mast holatda ekanligi maʼlum qilgan.

YTH natijasida “Lacetti” haydovchisiga tez tibbiy yordam xodimlari tomonidan birinchi yordam koʻrsatilgan.