Toshkentda Qarshi va Samarqandga “Afrosiyob”ning qoʻshimcha harakati yoʻlga qoʻyildi

    Transport 18 Dekabr 2023 908

    Yangi yil bayrami munosabati bilan yoʻlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida hududlarga “Afrosiyob”ning qoʻshimcha harakati yoʻlga qoʻyildi

    “Toshkent — Qarshi — Toshkent” yoʻnalishida qoʻshimcha yoʻlovchi poyezdlar harakati yoʻlga qoʻyildi

    Yangi yil bayrami munosabati bilan yoʻlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 2023-yilning 25, 26, 27, 28-dekabr kunlari 762/761-sonli “Toshkent — Qarshi — Toshkent” yoʻnalishida “Afrosiyob” elektropoyezdining qoʻshimcha harakati yoʻlga qoʻyildi. Poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

    762-sonli “Toshkent — Qarshi” yoʻnalishi

    Toshkent 6:59 — Qarshi 10:33

    761-sonli “Qarshi — Toshkent” yoʻnalishi

    Qarshi 16:44 — Toshkent 20:20

    Shuningdek, “Samarqand — Toshkent — Samarqand” yoʻnalishida ham qoʻshimcha yoʻlovchi poyezdlar harakati yoʻlga qoʻyildi. Unga koʻra, 2023-yilning 29, 30, 31dekabr kunlari 775/776-sonli “Samarqand — Toshkent — Samarqand” yoʻnalishida “Afrosiyob” elektropoyezdining qoʻshimcha harakati yoʻlga qoʻyildi. Poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

    775-sonli “Samarqand — Toshkent” yoʻnalishi

    Samarqand 11:05 — Toshkent 13:20

    776-sonli “Toshkent — Samarqand” yoʻnalishi

    Toshkent 13:51 — Samarqand 16:05