Maʼlum qilinishicha, 13-mart kuni soat 11:08 da Yunusobod tumani Yuqori Qoraqamish koʻchasida joylashgan, yangi qurilayotgan turar joy binosining ikkinchi qavatida yongʻin yuzaga kelayotgani haqida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.

Qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 11:09 da yetib borib, yongʻin soat 11:16 da qurshab olingan va 11:19 da toʻliq bartaraf etilgan.

Hodisa oqibatida jabrlanganlar yoʻq. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, binoning ikkinchi qavatidagi qurilish materiallari yongan.

Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi fuqarolar va tadbirkorlarni yongʻin xavfsizligi qoidalariga qatʼiy rioya qilishga chaqirdi.