Oʻtkazilgan tezkor tadbirda “R.Ph.” MCHJga qarashli dorixona koʻzdan kechirilganda 90 156 dona tegishli hujjatlari boʻlmagan, 12 686 dona davlat reyestrida qayd etilmagan, 16 728 dona muvofiqlik sertifikati mavjud boʻlmagan va 2 945 dona yaroqlilik muddati oʻtgan dori vositalari savdoga qoʻyilganligi fosh etilib, umumiy bahosi 192,8 mln soʻmlik jami 122 515 dona dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni oʻtkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.








