Talabalar kuchli kompyuterni xarid qilish va maxsus dasturiy ta'minotni o'rnatish haqida bosh qotirmaydilar – bularning barchasini kompyuter laboratoriyasi masofadan taqdim etadi. Pandemiya davrida bunday ko‘mak yanada dolzarbdir.
Ma'lumot uchun: Toshkent shahrida yaqinda filiali ochilgan Amiti universiteti yetti yil davomida Hindistonning xususiy universitetlari orasida birinchilikni egallab, dunyoning 17 mamlakatida muvaffaqqiyatli faoliyat olib bormoqda. Ushbu nufuzli universitet O‘zbekistonga asosan axborot texnologiyalari sohasida ta'lim berish uchun jalb qilingan, biroq ayni kunda universitet filialida talabalar biznes boshqaruvi, turizm va iqtisodiyot yo'nalishlarida ham tahsil olmoqdalar.