Toshkentdan Qozon va Novosibirsk shaharlariga qoʻshimcha aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyiladi

    Transport 11 Mart 2022 864

    Yoʻlovchilar orasida talab ortishi munosabati bilan “Uzbekistan Airways” AJ Toshkent – Qozon – Toshkent va Toshkent – Novosibirsk – Toshkent yoʻnalishlari boʻyicha qoʻshimcha aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyadi.

    Toshkent – Qozon – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha qoʻshimcha aviaqatnovlar 2022-yil 13, 16, 20 va 23-mart kunlari, Toshkent – Novosibirsk – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha esa 15 va 22-mart kunlari amalga oshiriladi.

    Aviachiptalarni www.uzairways.com rasmiy saytida, Uzbekistan Airways Sales filialida va aviakompaniyaning agentlaridan xarid qilish mumkin, deb xabar beradi Transport vazirligi matbuot xizmati.

    Shuningdek, xabar orqali maʼlumot uchun telefon: +998 78 140 02 00 raqami maʼlum qilingan.