Toshkentlik nafosat malikalari aniqlandi

    Keyingi yillarda yurtimizda barcha soha qatori madaniyat va sanʼatga ham katta eʼtibor berilyaptiki, bu bir qancha anʼanaviy festivallar, xalqimiz koʻnglidan joy olgan tadbirlarning qayta tiklanishida ham muhim omil boʻlmoqda.

    Madaniyat vazirligi va “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi hamkorligida eʼlon qilingan Mukarrama Turgʻunboyeva nomidagi Milliy raqs ijrochilari respublika koʻrik-tanlovi ham na shunday ezgu ishlarning biri sifatida ahamiyatlidir. Mazkur tanlovning Toshkent shahar bosqichi boʻlib oʻtdi.

    Ochiq va shaffof tarzda oʻtkazilgan tanlovning Toshkent shahar saralash bosqichi ishtirokchilari chiqishlari malakali baletmeysterlardan iborat hakamlar hayʼati tomonidan odilona baholandi. Gʻoliblar Respublika final bosqichida ishtirok etadi, deb xabar bermoqda Madaniyat vazirligi axborot xizmati.