Qayd etilishicha ushbu turniketlar elektron chiptalardagi QR-kodni skaner qilib, chipta haqiqiy boʻlsa, yoʻlovchini perronga chiqishga ruxsat beradi. Soxta yoki qaytarilgan chiptaga ega boʻlgan yoʻlovchilarga esa poyezdga chiqishga taqiq oʻrnatadi.
Yil oxirigacha chiptaxonalardan rasmiylashtiriladigan chiptalar ham elektron koʻrinishga oʻtishi rejalashtirilgan.