Transafgʻon temir yoʻl liniyasini qurish boʻyicha muzokaralarning yakuniy bosqichi oʻtkazilmoqda

    Transport 18 Iyul 2023 1303

    Mintaqa uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan ushbu loyiha Oʻzbekiston, Afgʻoniston va Pokiston oʻrtasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashda muhim boʻgʻin hisoblanadi. 

    Ayni vaqtda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ delegatsiyasi Pokiston va Afgʻoniston temir yoʻl maʼmuriyatlari bilan birgalikda Transafgʻon temir yoʻl liniyasini qurish boʻyicha muzokaralarning yakuniy bosqichini oʻtkazmoqda.

    Mintaqa uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan ushbu loyiha Oʻzbekiston, Afgʻoniston va Pokiston oʻrtasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashda muhim boʻgʻin hisoblanadi.

    Joriy muzokaralarda delegatsiyalar loyihaning turli jihatlarini, jumladan, moliyalashtirish mexanizmlari, qurilish masalalari, texnik tafsilotlar va amalga oshirish muddatlarini muhokama qilmoqda.

    Transafgʻon temir yoʻl liniyasi mintaqada transport hamkorligi va rivojlanishi uchun yangi istiqbollarni ochadigan keng koʻlamli loyiha boʻlib, Oʻzbekiston va Pokiston oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri temir yoʻl qatnovini yoʻlga qoʻyish natijasida savdo munosabatlari yangi bosqichga chiqishi koʻzda tutilgan.