Turkiy davlatlar tashkilotining sogʻliqni saqlash vazirlari yigʻilishi va Turkiy dunyo tibbiyot kongressida Turkiyaning Sagʻliq bilimleri universiteti bilan institutimiz oʻrtasida qator yoʻnalishlar boʻyicha hamkorlik memorandumi imzolandi. Oʻzbekiston — AQSH sogʻliqni saqlash haftaligi doirasida Case Western universiteti, University Hospitals bilan yurak-torokal jarrohlik sohasida hamkorlikka erishildi.
Mamlakatimizda taʼlim sifati va samaradorligini oshirish, malakali mutaxassislar tayyorlash, iqtidorli yoshlarni qoʻllabquvvatlash, ragʻbatlantirish, nazariy bilimlarni amaliyot bilan mustahkamlash yoʻlidagi saʼy-harakatlar koʻlami kundan kunga kengaymoqda. Yurtimizdagi nufuzli oliygohlardan biri sifatida Andijon davlat tibbiyot instituti ham hayotbaxsh islohotlarda faol ishtirok etyapti.
Taʼlim samaradorligini oshirish borasidagi farmon va qarorlar ijrosini taʼminlash maqsadida professor-oʻqituvchilar ilmiy salohiyatini yuksaltirish, yangi loyiha va tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan qator xalqaro forumlar oʻtkazildi. Xususan, Oʻzbekiston — Hindiston tibbiyot forumida institut hamda Dr.D.Y.Patil universiteti oʻrtasida anglashuv memorandumi imzolandi. Unga koʻra, ikki oliy taʼlim muassasasi oʻrtasida xalq tabobati yoʻnalishida qoʻshma taʼlim dasturini yoʻlga qoʻyish, professor-oʻqituvchilar malakasini oshirish, talabalar akademik mobillik dasturini tashkil etish, transplantologiya sohasini rivoj lantirish kabi masalalarda hamkorlik qilinadi.
Oʻzbekiston — Germaniya birinchi tibbiyot forumida Germaniya hamkorlik tashkiloti (GIZ) bilan uroonkologiya yoʻnalishi boʻyicha mutaxassislar malakasini oshirish, birgalikda jarrohlik amaliyotini oʻtkazish bilan bogʻliq dolzarb masalalar koʻzda tutilgan memorandum imzolandi. Istiqbolli hamkorlik loyihalari dasturidan oʻrin olgan Oʻzbekiston — Rossiya xalqaro sogʻliqni saqlash forumi ham kelishuvlarga boy boʻldi.
Forum doirasida Rossiya Sogʻliqni saqlash vazirligining A.Vishnevskiy nomidagi Milliy tibbiy tadqiqot markazi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi. Endi Rossiyaning “ROSOMED” va “SINTOMED” kompaniyalari bilan tibbiyotda simulyatsion taʼlimni tashkil etish, simulyatsiya oʻquv markazi faoliyatini yuritish, ushbu oʻqitish usulida mutaxassislar tayyorlash boʻyicha manfaatli kelishuvga erishildi.
Ural davlat tibbiyot universiteti bilan imzolangan hujjatda, asosan, talabalar oʻrtasida akademik mobillik dasturlari tashkil etish, professor-oʻqituvchilarni malaka oshirish kurslariga jalb qilish, oʻzaro qoʻshma ilmiy loyihalar ustida ishlashga eʼtibor qaratildi. V.Almazova nomidagi Rossiya milliy tibbiy tadqiqotlar markazi bilan institutlararo va kafedralararo hamkorlik yoʻlga qoʻyildi. Qozon federal universiteti bilan institutimizga universitetning professor-oʻqituvchilarini doimiy ravishda dars jarayonlariga taklif etish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Turkiy davlatlar tashkilotining sogʻliqni saqlash vazirlari yigʻilishi va Turkiy dunyo tibbiyot kongressida Turkiyaning Sagʻliq bilimleri universiteti bilan institutimiz oʻrtasida qator yoʻnalishlar boʻyicha hamkorlik memorandumi imzolandi. Oʻzbekiston — AQSH sogʻliqni saqlash haftaligi doirasida Case Western universiteti, University Hospitals bilan yurak-torokal jarrohlik sohasida hamkorlikka erishildi.
Shuningdek, AQSHning Ogayo shtatida joylashgan DELR psixiatriya klinikasi bilan psixiatrik kasalliklarni davolashda yangi va zamonaviy usullarni keng joriy etish, mahalliy mutaxassislarning klinikada malaka oshirishini yoʻlga qoʻyish, yangicha “shok terapiyasi” yordamida ruhiy kasalliklarni davolashni Oʻzbekistonda tatbiq qilish boʻyicha amaliy ishlar bajarilmoqda.
Oʻzbek-Amerika tibbiyot uyushmasi bilan hamkorlikda tibbiyot sohasidagi yangiliklarni mamlakatimizda amaliyotga joriy etish, Andijon davlat tibbiyot ins titutining yangi zamonaviy klinikasi uchun kadrlar tayyorlashda AQSH tajribasini tatbiq etishga koʻmaklashish masalalari koʻzda tutilgan. Har yili ikki mamlakat tibbiyot sohasi vakillari oʻrtasida ilmiy va akademik hamkorlik oʻrnatish boʻyicha kelishuvga erishildi.
Forum doirasida B2B formatda uchrashuvlar oʻtkazildi. Unda AQSHning Pitsburg universiteti bilan tibbiy biostatistika, genetika va genomika, inson genomini oʻrganish va kelib chiqishi mumkin boʻlgan kasalliklarni genetik tahlil qilish masalalarida hamkorlik yoʻlga qoʻyildi. Koreya transport universiteti bilan hamkorlikda bakalavriat uchun paratibbiyot yoʻnalishi va Germaniya ning Rostok universiteti bilan magistratura boʻyicha qoʻshma taʼlim dasturini yoʻlga qoʻyish rejalashtirilmoqda.
“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasida aholi salomatligini mustahkamlash bilan bogʻliq qator vazifalar belgilangan. Ulardan biri aholi oʻrtasida toʻgʻri ovqatlanish va sogʻlom turmush tarzini shakllantirishdir. Andijon davlat tibbiyot institutining malakali xodimlari bu ishlarda har jihatdan faol boʻlmoqda. Ular maktab, maktabgacha taʼlim muassasalari, tashkilotlar, mahallalarda boʻlib, aholi oʻrtasida kundalik ovqatlanish tartibi, tabiiy hamda foydali mahsulotlarni isteʼmol qilish meʼyorlari haqida targʻibot-tashviqot ishlarini olib bormoqda.
Aholi uy sharoitida bajarib turishi va sogʻlom turmush tarziga rioya qilishida ahamiyatli boʻlgan jismoniy mashqlarga oid tarqatma materiallar taqdim etmoqda. Kasalliklarning oldini olish yuzasidan chuqurlashtirilgan bepul tibbiy koʻrik oʻtkazib kelinyapti. Sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishda, avvalo, institut jamoasi koʻpga oʻrnak. Erta tongda 5000 qadam yurish jamoaviy odatga aylandi. Hamma kasblar ham jismoniy faollikka ega emas.
Bir joyda ikki soat va undan ziyod vaqt oʻtirib ishlagan kishilarda qator kasalliklarga chalinish ehtimoli ortadi va buning oldini olishning yagona usuli qon aylanishiga doir bir qancha mashqlarni bajarish. Sogʻlomlashtirish bilan bogʻliq targʻibot tadbirlarida institut talabalari ham faol ishtirok etmoqda. Ular “Koʻngillilar” jamoasida birlashib, sogʻlom turmush tarzi targʻibotida faol qatnashmoqda. Tibbiy xizmat sifatini yaxshilash, malakali xizmat koʻrsatish koʻp jihatdan malakali kadrlar salohiyatiga bogʻliq.
Shu maqsadda institutda ilmiy darajaga ega, dotsent, professorlarni koʻpaytirish, ilmiy faoliyat bilan shugʻullanishi uchun ularga munosib sharoit yaratib berishga eʼtibor qaratilyapti. Ayni paytda institutda 51 nafar fan doktori, professor, 216 fan nomzodi, dotsent faoliyat yuritmoqda. Joriy yilning shu kuniga qadar 39 nafar tibbiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori hamda 6 nafar tibbiyot fanlari doktori yetishib chiqdi.
Institutga xorijlik mutaxassislarni jalb etgan holda maʼruza va amaliy mashgʻulotlar oʻtilishi anʼanaga aylangan. Ayni kunda Rossiya, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Hindiston, Misr, Ukraina, Belarus, Ozarbayjondan kelgan 25 mutaxassis talabalarga mashgʻulot oʻtmoqda. Bugunga qadar 49 nafar professor-oʻqituvchimiz xorijda malaka oshirib qaytdi, yana 14 nafari tibbiyot tizimi rivojlangan Xitoy, Turkiya, Janubiy Koreya, Latviya, Kanada, Germaniyada malaka oshirmoqda.
Talabalar erishgan yutuqlarni ham eʼtirof etish oʻrinli. Qirgʻizistonning Bishkek shahrida oʻtkazilgan xalqaro talabalar olimpiadasida institut talabalari 1-oʻrinni egalladi. Ilgʻor tadqiqotlar ilmiy markazi tashabbusi bilan mamlakatimiz va qator xorijiy davlatlar yetakchi mutaxassislari, ilmiy izlanuvchilar, magistr va talabalar ishtirokida onlayn oʻtkazilgan xalqaro ilmiy forumda pediatriya fakulteti talabalari Iqboljon Hakimjonov hamda Bobomurod Abdusalomov, stomatologiya fakulteti talabasi Ziyodbek Rayimov ishtirok etib, “Ilm-fan iftixori” koʻkrak nishoni, maxsus guvohnoma hamda xalqaro sertifikat bilan taqdirlandi.
Bunday yutuqlar nafaqat tibbiyot, balki sport sohasida ham qoʻlga kiritilyapti. Jumladan, Xitoyning Hangjou shahrida boʻlib oʻtgan Paraosiyo oʻyinlari suzish bahsida davolash fakulteti talabasi Muzaffar Tursunxoʻjayev oltin medalga sazovor boʻldi. Taʼlimdagi har bir odim maqsad tomon yaqinlashtiradi. Qadamlar koʻpaygani sari marra ham yaqinlashib, natijalar yaqqol koʻrinadi. Shu maʼnoda, oʻqitish sifatini oshirishdagi intilishlarimiz oldindagi yutuqlarning debochasi deyish mumkin.