Unda hamkorlikning muhim masalalari va umumiy loyihalarni amalga oshirish muhokama etildi.
Muzokaralar davomida Italiya kompaniyasining “Luxury touristic train” nomli yangi turistik poyezdi taqdim etildi. Ushbu poyezd sayohatchilar uchun hashamat va qulaylikni taqdim etadi. Poyezdni Toshkent – Samarqand – Buxoro – Xiva – Toshkent yoʻnalishida yoʻlga qoʻyish taklif qilinyapti.
Uchrashuvda tomonlar qoʻshma korxona tashkil etish, yoʻnalishlar va jadvallarni ishlab chiqish, shuningdek, loyiha boʻyicha amaliy ishlarni boshlashni nazarda tutuvchi hamkorlik shartnomasini muhokama qilishga tayyorligini bildirdi.
Uchrashuv yakunida italiyalik mehmonlar “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ infratuzilmasi va vagon parki bilan yaqindan tanishish maqsadida “Toshkent – Markaziy” vokzaliga va “Toshkent yoʻlovchi vagonlarini qurish va taʼmirlash zavodi” AJga tashrif buyurdi, deb xabar beradi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ matbuot xizmati.