Endilikda Buxoro madaniy meros obyektlarini koʻrish istagida boʻlgan sayyohlar yangi mobil ilova yordamida hech qanday qiyinchiliksiz manzilga yetib borishlari mumkin.

Shu kunlarda viloyatda mahalliy va chet ellik sayyohlar uchun innovatsion mobil ilova tayyorlanmoqda. Hozirda bu mobil ilova loyihasini yana-da takomillashtirish ustida ish olib borilmoqda.

Xususan, ayni kunda 287 arxeologiya yodgorligi, 31 madrasa, 105 masjid, 14 maqbara, 133 arxitektura ansambli, 15 karvonsaroy, 4 tim va toq, 18 diqqatga sazovor meʼmoriy obida, tarixiy ahamiyatga ega 122 qadimiy uy-joy, alohida meʼmoriy yodgorlik majmui turkumiga kirgan 83 inshoot, 17 monumental yodgorlik haqidagi maʼlumotlar bir joyga jamlanib, ilovaga joylashtirildi.

Shunday qilib, qadim va navqiron Buxoro sayyohlari uchun mobil ilova konsepsiyasi yagona axborot tizimi yaratildi, deb xabar beradi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi matbuot xizmati.