TYEK rahbari, doktor Joshkun Yilmaz ko‘rgazmaning ochilishida so‘zga chiqib, muassasa tomonidan qo‘lyozmalar bo‘yicha turli dasturlar tashkil qilinganligi va bu dasturlar bilan tarixiy davomiylikni saqlashga harakat qilganliklarini ta’kidladi.
“Biz chuqur siyosiy va ilmiy an’anaga ega bo‘lgan xalqmiz. Navoiy, shubhasiz, an’anamizning eng muhim namoyandalaridan biridir. Bu qadrli insonni xotirlash maqsadida ushbu ko‘rgazmani tashkil qildik. Ustozimiz Gunay Kutga bu yo‘ldagi mehnatlari va bugungi ko‘rgazmadagi ishtiroklari uchun minnatdorchilik bildiraman”, - deydi u.
2024 yilgi Madaniyat va sanʼat boʻyicha Prezidentlik oliy mukofoti bilan taqdirlangan faxriy professor va “Alisher Navoiy kulliyoti”ning noshiri Gunay Kut o‘zining “Alisher Navoiy: shoir, mutasavvif va davlat arbobi” nomli nutqida Navoiyning chag’atoy turk tilining asoschisi va ko‘plab asarlar yaratgan ilm arbobi ekanligiga to‘xtaldi.
Olima Navoiyning ko‘p qirrali shoir va yozuvchi ekanligini ta’kidlab, unga shunday baho berdi: “U jami 29 ta asar yaratgan. Bular orasida devonlar, hamsa, masnaviy, tazkira, til va tarixga oid asarlar, diniy, axloqiy, biografik asarlar va hujjatlar bor. Bu ma’noda Navoiy juda samarali olimdir. Uning asarlari haqida gap ketganda, unga eng yaqin ismlar kotib Chalabiy va Lamidir”.
Gunay Kut Navoiyning koʻplab asarlari turkiy tilda nashr etilganiga eʼtibor qaratdi.
“Doktorlik dissertatsiyamni Alisher Navoiyning ijodi boʻyicha qildim va unda ustozlarim Ali Nihat Tarlan va Reshit Rahmeti Aratning hissalari juda katta. Ustozim Tarlan adabiyotshunos, Reshit Rahmeti esa tilshunos edi. Ulardan juda qimmatli maʼlumotlar oʻrgandim. 1965 yilda dissertatsiyani tamomladim va shu bilan Navoiy bo‘yicha tadqiqotlar boshlandi. Bugungi kunga qadar bir qancha qimmatli va original asarlar nashr etildi. Shulardan biri Turkiya Qo‘lyozmalar Jamiyati rahbariyatining iltimosi bilan “Alisher Navoiy kulliyoti” bo‘yicha qilgan ishim bo‘ldi. Ushbu asarni Navoiy vafotining 524 yilligiga nashr etilishi va bu dasturning tashkil etilishi meni juda quvontirdi”, - deya qo‘shimcha qildi u.
Navoiy ijodiyoti bilan shakllangan adabiyot tarixiga oydinlik kiritish, uning til va adabiyotga betakror ta’sirini anglash maqsadida tayyorlangan ko‘rgazmani 17 yanvarga qadar tomosha qilish mumkin.