“Turkiya huquq-tartibot idoralari ijtimoiy tarmoqlarda “provokatsiyali postlar” joylashtirgan 261 kishini aniqlagan va 37 kishini hibsga olgan. Shu sababli, ijtimoiy tarmoqlarda har qanday xabar yoki fikr bildirishda juda ehtiyot boʻlishga chaqiramiz”, — deyiladi xabarda.
Xavfsizlikni taʼminlash uchun quyidagilarga amal qilish soʻralmoqda:
- har qanday norozilik namoyishlari, mitinglar va ommaviy yigʻinlardan uzoqroq boʻlish;
- odam gavjum joylarga bormaslik va harakatlanish yoʻnalishingizni oldindan rejalashtirish;
- ijtimoiy tarmoqlarda ehtiyotkorlik bilan harakat qilish, provokatsion xabarlar joylashtirmaslik va tarqatmaslik;
- rasmiy xabarlarga eʼtibor berish va vaziyat boʻyicha yangiliklarni kuzatib borish;
- favqulodda holatlarda Bosh konsulxona bilan bogʻlanish (aloqa uchun: +90 553 541 17 17).
“Sizning xavfsizligingiz biz uchun muhim! Iloji boricha ehtiyot boʻling va huquq-tartibot idoralarining koʻrsatmalariga rioya qiling”, — deya yakunlanadi bayonot.