Turkiyaning Bolu viloyatidagi Kartalkaya tog'-chang'i kurortidagi mehmonxonada sodir bo'lgan yong'in oqibatida halok bo'lganlar soni 76 kishiga yetdi.

Bu haqda Turkiya ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya ma'lum qildi.

Avvalroq 66 kishining o'limi haqida xabar berilgan edi.

“52 qurbonning shaxsi aniqlandi, 45 kishining jasadi qarindoshlariga topshirildi. Tergov tadbirlari doirasida hozirgacha 9 nafar shaxs qo'lga olindi”, deya ta'kidladi IIV rahbari.

Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog'an mamlakatda bir kunlik motam e'lon qilgan edi, deb xabar beradi report.az.