Qayd etilishicha, oldingi planda spiral galaktika joylashgan. U Yerdan 1 milliard yorugʻlik yilidan koʻproq masofada joylashgan.

Baʼzi galaktikalar aniq spiral shaklga ega, boshqalari chaplangan dogʻlarga oʻxshaydi, uchinchisi esa yorqin nuqtalardir.

“Koʻp galaktikalar fonida oldingi plandagi – Gerkules yulduz turkumida joylashgan, Yerdan 1 milliard yorugʻlik yili olisdagi LEDA 2046648 spiral galaktikasi alohida ajralib turadi. Bu tasvirda yana bir spiral galaktika ham eʼtiborga molik. U LEDA 2046648 ostida joylashgan. U yuqoridagi obyektning taxminan 25% oʻlchamiga ega”, deyiladi xabarda.