Parvozlar haftada bir marta payshanba kuni Airbus A320 samolyotida amalga oshiriladi, deya xabar bermoqda «Dunyo« AA.
Buryatiya poytaxtidagi «Baykal« aeroporti rahbariyatining taʼkidlashicha, Toshkent Markaziy Osiyoda jadal rivojlanayotgan aviatsiya markazi sifatida alohida qiziqish uygʻotadi. U Bangkok, Seul, Guanchjou, Tbilisi va Dubay kabi mashhur yoʻnalishlarga qulay ulanish reyslarini taklif etadi.
Yangi yoʻnalish Buryatiya poytaxtidan xalqaro reyslar geografiyasini kengaytirib, respublika aholisiga qoʻshimcha sayohat imkoniyatlarini taqdim etadi. Shuningdek, ochilayotgan havo qatnovlari Oʻzbekiston va Buryatiya oʻrtasidagi oʻzaro sayyohlik oqimini sezilarli darajada oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Ulan-Ude-Toshkent oʻrtasidagi toʻgʻridan toʻgʻri havo qatnovini ochish imkoniyati shu yil 22-may kuni Ulan-Ude shahrida Buryatiya bosh vaziri oʻrinbosari, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat vaziri Amgalan Darmayev boshchiligida Oʻzbekistonning Novosibirskdagi bosh konsuli ishtirokida boʻlib oʻtgan Buryatiya hukumatining kengaytirilgan yigʻilishida muhokama qilingan edi.








