Haj va umra vazirligi faqatgina emlangan kishilarning umra amallarini bajarishiga va Masjidul Haromda namoz oʻqishiga ruxsat berilishini maʼlum qildi. Bunday kishilar sirasiga vaksinaning ikki dozasini ham olganlar, ziyoratdan kamida 14 kun oldin bir doza bilan emlanganlar yoki koronavirusdan tuzalganlar kiradi.
1-aprel kuni Haj va umra vazirligi Ramazonda umra amallarini ado etishni istaganlardan koronavirusga qarshi emlanganlik talab etilmasligini bildirgan edi.