Majburiy ijro byurosi Urganch shahar boʻlimi ish yurituviga fuqarolik ishlari boʻyicha Urganch tumanlararo sudining 17.12.2020-yildagi ijro varaqasiga asosan javobgar B.R.dan daʼvogar N.Ya. foydasiga 37 090 609 soʻm undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjati kelib tushgan.

Mazkur ijro hujjati yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunning 23-moddasiga asosan ijro ishi yuritishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisida qaror qabul qilinib, qaror nusxalari taraflarga yuborilgan.

Ijro harakatlari davomida javobgarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chetga chiqish huquqlari vaqtincha cheklangan.

Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida javobgar shaxsdan yuqorida koʻrsatilgan jami 37 mln. 90 ming 609 soʻm pullar toʻliq undirilib, daʼvogar shaxsga topshirilishi taʼminlandi.Ijro hujjati amalda ijro etilganligi sababli tamomlandi.