Maʼlum boʻlishicha, fuqarolik ishlari boʻyicha Toyloq tumanlararo sudining 2019-yil 10-oktyabrdagi qaroriga asosan B.E.dan F.B. foydasiga ikki nafar voyaga yetmagan farzandlari taʼminoti uchun aliment undirish belgilangan.
Biroq ota majburiyatini yetarli darajada bajarmagan. Boʻlim xodimlari farzandlari uchun aliment toʻlamay yurgan otaga qarzdorlik bartaraf etilmasa maʼmuriy, keyinchalik jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkinligini bir necha bor tushuntirgan.
Bundan xulosa chiqargan B.E. farzandlari voyaga yetguniga qadar aliment qarzidan bir zumda qutulish uchun aliment toʻlovi oʻrniga F.B.ga oʻz nomidagi “Damas” avtomashinasini taklif qilgan.
MIB Samarqand viloyati boshqarmasi maʼlum qilishicha, undiruvchi F.B. taklifni qabul qilgach, avtomashina uning nomiga oʻtkazib berilib, ijro hujjati esa amalda tamomlandi.