Bu haqda terapevt Olga Shashkova aytib o'tdi. Uning aytishicha, muntazam ravishda kuniga besh soat uxlashga odatlanish organizmda jiddiy kasalliklarga sabab bo'lishi mumkin. Xususan, doimiy uyqusizlik odamlarda onkologik kasalliklar va ortiqcha vaznni yuzaga keltiradi.

Shashkova surunkali uyqusizlik energiya almashinuvi va metabolizmning buzilishi bilan bog'liq jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligini ta'kidladi.

Ortiqcha uyqu ham tanaga salbiy ta'sir qiladi. Bu depressiyaga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, ko'p uxlaydiganlar bosh og'rig'idan aziyat chekadi, deb xabar beradi lenta.ru.