“UzAuto Motors” АJ 2022 yilning 1-choragida belgilangan barcha ishlab chiqarish koʼrsatkichlarini bajarishga erishib, samarali natijalarni qayd etdi", deya yozmoqda kompaniya rasmiy kanali.
Xabarga koʼra, kompaniya 2022 yilning 1-choragida Аsaka va Xorazmdagi zavodlarida jami 68 905 dona avtomobil ishlab chiqarishga erishgan. Shu bilan birga, Аsaka zavodida 1-chorakda 19 192 dona Cobalt va 19 439 dona Lacetti avtomobil modellari ishlab chiqarildi. Xorazmdagi zavodida ushbu davr mobaynida 17668 dona Damas va 3540 dona Labo rusumli avtomobillar ishlab chiqarildi.
Taʼkidlash joizki, “UzAuto Motors” 1-chorakda Аsakadagi zavodda asosiy ishlab chiqarishni toʼxtatmagan holda, yangi “Tracker-2” avtomobilini ham sinov tariqasida ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirdi.