Shu munosabat bilan UzAuto Motors ogohlantirish e’lon qildi:
Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Chevrolet ommabop avtomobillari uchun onlayn shartnoma tuzish bo‘yicha takliflar tarqalmoqda. Buning uchun xaridorlardan OneID tizimidagi shaxsiy login va paroli, shuningdek pasport nusxasi hamda ma’lum miqdordagi to‘lovni amalga oshirish so‘raladi.
UzAuto Motors kompaniyasi o‘z mijozlaridan hushyor bo‘lishni va shaxsiy ma’lumotlarini, ayniqsa, davlat portalidagi shaxsiy ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga bermaslikni so‘raydi. Onlayn shartnoma tizimi barcha uchun mutlaqo bepul va tizimda hech kim uchun qandaydir alohida kirishni ta’minlaydigan imkon yo‘q.
Bundan tashqari, sizning shaxsiy ma’lumotlaringiz firibgarlik bilan bog‘liq holatlar yoki boshqa bir nomaqbul harakatlar uchun foydalanilishi mumkin. Agarda shartnoma tuzish uchun shaxsiy ma’lumotlaringizni uchinchi shaxslarga topshiradigan bo‘lsangiz, UzAuto Motors xaridor oldida hech qanday javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi.
O‘zingizni bunday nayranglardan himoya qilish uchun kompaniya sizdan bir nechta oddiy qoidalarga amal qilishingizni so‘raydi:
Avvalo, shaxsiy ma’lumotlaringizni hech kimga oshkor qilmang. Unutmang, yangi avtomobil uchun onlayn shartnoma olish mutlaqo tekin va hamma uchun ochiq.
Eslatib o‘tamiz, Chevrolet ommabop avtomobillari uchun shartnoma tuzish faqat UzAutoSavdo ilovasi (iOS/Android), shuningdek savdo.uzavtosanoat.uz sayti orqali amalga oshirilishi mumkin.
Avtomobilni onlayn xarid qilish bo‘yicha mijozlar quyidagilarni amalga oshirishlari lozim:
1. OneID tizimidan ro‘yxatdan o‘tish;
3. OneID tizimidagi login va parol yordamida saytga kirish/ilovadan ro‘yxatdan o‘tish;
4. Avtomobil modeli, rangi va komplektatsiyasi hamda ma’qul kelgan dilerlik markazini tanlagan holda, shartnoma tuzish kerak bo‘ladi.
Raqamlashtirishning ushbu yangi bosqichi UzAuto Motors'ning innovatsiyalarga va mijozlar uchun qulaylik yaratish, ularni cheklovlardan ozod qilish va avtomobil xarid qilishda zamonaviy yechimlarni taklif etish bo‘yicha intilishini aks ettiradi.