UzAuto mijozlar tomonidan bildirilgan fikrlar va mulohazalar bilan ishlashni davom ettirmoqda hamda ijobiy tomonga oʻzgarishlar qilish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda, deb yozmoqda “UzAutoSanoat” AJ axborot xizmati.
“GM kompaniyasi”dagi hamkorlar bilan samarali ishlar olib borildi, natijada UzAuto Motors rasman BIQ4 (build in quality) sifat standartlari sertifikatini qoʻlga kiritdi.
Sifat standartlariga boʻlgan talabning oshishi barcha “Chevrolet” modellariga bevosita taʼsir qiladi.
Oʻz navbatida,“ UzAuto Motors” yangi xalqaro GM standartlari asosida ishlashga, shuningdek, mijozlar eʼtiborini jalb qilish tamoyillariga muvofiq ishlab chiqarishda barcha zarur modernizatsiya jarayonlarini amalga oshirish uchun 2021-yil yanvar oyida Asaka zavodi faoliyatini vaqtincha toʻxtatish rejalashtirilgan.