Bu haqda Uzbekistan Airports xabar qilmoqda.
Shu munosabat bilan fuqarolarning bunday xatti-harakatlari uchun Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksining 1161-moddasida javobgarlik nazarda tutilganligi eslatib oʻtilmoqda.
Ushbu moddaga asosan havo kemasidan foydalanish vaqtida havo kemasiga lazer nurini yoʻnaltirish orqali xalaqit berish uchun huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻlishi belgilab berilgan.
“Yoʻlovchilar va havo kemasi ekipaji aʼzolarining hayoti va sogʻligʻiga zarar yetkazishi va xavf tugʻdirishi mumkin boʻlgan baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida barcha fuqarolardan parvozlar xavfsizligini taʼminlash talablariga rioya etishlarini soʻraymiz”, - deyiladi xabarda.