“Uzbekistan Airports” matbuot xizmatining xabar berishicha quyidagi reyslar bekor qilingan.
- “Flydubai” aviakompaniyasining Dubay — Toshkent — Dubay yoʻnalishi boʻyicha FZ-1945/1946 reyslari;
- “Air Arabia« aviakompaniyasining Sharja — Toshkent — Sharja yoʻnalishi boʻyicha G9-270/271 reyslari;
- “Asia Union” aviakompaniyasining Toshkent — Madina — Toshkent yoʻnalishi boʻyicha 7q-141/142 reyslari.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Eron havo hududi yopilishi sabab “Uzbekistan Airways”, “Fly Dubai”, “Air Cairo” va “Qatar Airways” aviakompaniyalarining reyslari yoʻnalishdan chetga chiqib, Toshkentdagi aeroportga qoʻnishga majbur boʻlgandi.








