Qayd etilishicha, Qozon shahri havo hududining yopilishi munosabati bilan “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining HY649 Toshkent-Qozon aviaqatnovi majburiy ravishda Orenburg shahridagi muqobil aerodromga yoʻnaltirildi.
Shu munosabat bilan, aviakompaniya HY650 Qozon-Toshkent aviaqatnovi ham kechikib amalga oshirilishini maʼlum qilgan.








