Farg‘ona vodiysi aholisiga yanada qulay sharoitlar yaratish maqsadida parvozlar haftasiga ikki marotaba – yakshanba va seshanba kunlari amalga oshiriladi (mahalliy vaqt):

Farg‘onadan jo‘nab ketish: 08:40

Dubayga yetib borish: 11:35

Dubaydan jo‘nab ketish: 13:05

Farg‘onaga yetib borish: 17:40

Farg‘ona – Dubay yo‘nalishidagi chiptalar narxi 2 217 926 so‘mdan, Farg‘ona – Dubay – Farg‘ona yo‘nalishidagi aviachiptalar narxi esa 3 641 757 so‘mdan boshlanadi.

Narxlar 26.09.2022 holatiga ko‘ra amal qiladi.

Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytidan, Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilib olish mumkin.